Savdo, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim — filiallari va smenalari ko‘p korxonalar.
Bu muammolarni bitta yechim bilan hal qiling — xodimlar boshqaruvini soddalashtiradigan dastur HR Pulse
Face ID yoki ilova orqali «keldim–ketdim». Ish hududidan tashqarida belgilash o‘tmaydi, rasm-video bilan aldab bo‘lmaydi.
Har xodimga smena biriktiriladi, har smenaga alohida maosh, jarima, bonus. Xodim qaysi smenaga chiqqanini tizim o‘zi aniqlaydi.
Faqat kechikish yoki qo‘shimcha ish uchun emas — bir necha turdagi jarima va bonus qoidalarini o‘zingiz sozlaysiz. Xodimning ishtiyoqini oshiradigan tizim.
Sodda, tushunarli va har xodim bo‘yicha alohida hisobot. Ishlagan daqiqasigacha hisoblangan, ikkala tomon ishonadigan raqam.
Xodim ish vaqtida qayerda bo‘lgani — jonli va tarix bo‘yicha ko‘rinadi. Borgan joylar tarixi saqlanadi, kerak bo‘lganda ochib ko‘rasiz.
Qulaylik uchun ikkalasiga ham alohida ilova: rahbar boshqaradi, xodim o‘z hisobini ko‘radi — hammasi telefonda.
Yangi vakansiya e’lon qilasiz, arizalar bitta joyda jamlanadi, munosib nomzodni tanlab ishga olasiz.
Bu — asosiylari. Korxonangizga mos yana o‘nlab imkoniyat bor — 15 daqiqalik auditda birma-bir ko‘rsatamiz.
Aniqlik, xotirjamlik, har kuni bitta ishonchli raqam. Nazorat uchun yugurish yo‘q.
Har ishlagan daqiqasi hisobda, oylik adolatli, bahs yo‘q.
Norozi bo‘ladigan yagona odam — kechikib yurib bilinmay kelgan xodim. Sizga aynan shu kerak emasmi?
Bozorda «hammasi bor» platformalar ko‘p — o‘nlab modul, murakkab tizim. Biz ataylab tor yo‘l tanladik: davomat, smena, jarima-bonus, oylik hisobi — xodimlar boshqaruvidagi eng chalkash va eng qimmatga tushadigan jarayonlar.
Sabab oddiy: kam narsani mukammal qilish, ko‘p narsani chala qilishdan yaxshi. Boshqa funksiya kerak bo‘lsa — halol aytamiz: bor yoki yo‘q, qachon bo‘ladi.
Rahbarlarning o‘z so‘zlari bilan — ular nimani o‘zgartirgani va qanday natija olgani haqida.
Korxonangizdagi davomat tartibini o‘rganamiz, mos yechimni aytamiz.
Kompaniyangizni o‘rganib, sozlab, xodimlarni kiritib beramiz.
Birinchi kundanoq kim keldi, kim kechikdi — ko‘rib turasiz.
Instagram’dagi qisqa videolarda xodimlar hisobi, davomat va oylik bo‘yicha amaliy maslahatlar.
Aksincha: xodim o‘z hisobini o‘zi ko‘radi, adolatli hisob halol xodimga yoqadi. Qarshilik faqat kechikib yurganlardan chiqadi.
Yo‘q: ish hududidan tashqarida belgilash qabul qilinmaydi. Rasm yoki video ko‘rsatish ham o‘tmaydi.
Odatda 1 kun: kompaniyangizni o‘rganamiz, sozlaymiz, ishga tushiramiz.
Support ish kunida 1–2 soat ichida javob beradi.
Narx korxona hajmi va ehtiyojga bog‘liq — 15 daqiqalik auditdan keyin aniq taklif beramiz.
Ha — O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlarda ishlaymiz. Tizim onlayn bo‘lgani uchun o‘rnatish va sozlash masofadan turib bajariladi, xodimlarni kiritish va o‘qitishni ham biz qilamiz. Kerak bo‘lsa, filiallaringizga borib ham ishga tushiramiz.
Ma’lumotlar xavfsiz saqlanadi. Ma’lumotlar tarqalmasligi uchun siz bilan maxfiylik shartnomasi tuziladi.
Davomat tartibingizni 15 daqiqada bepul audit qilib, korxonangizga mos takliflar beramiz.
Qulay vaqtingizda qo‘ng‘iroq qilamiz — odatda 5 daqiqa ichida bog‘lanamiz.
Forma to‘ldirgingiz kelmasa — shunchaki qo‘ng‘iroq qiling. Mutaxassisimiz korxonangizni tinglaydi va aniq javob beradi.